Xiaomi rasman Mi 9 hamda Mi 9 SE flagmanlarini arzonlashtirdi!

  •   DiMaX
  •  5004
  •  10.07.2019 12:49

Xiaomi rasman Mi 9 hamda Mi 9 SE flagmanlarini arzonlashtirdi!

«Xitoycha Apple» o‘zining 2018 va 2019 yilgi smartfon modellarini birin-ketin arzonlashtirib kelayotir. Jumladan, kuni kecha uning «mobil kinoteatr»i – Mi Max 3 narxi rekord darajada pasaytirilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi A3 haqida nimalar ma’lum?

Kompaniya bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) rasman ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi 9 SE smartfoni o‘z vatanida roppa-rosa 44 dollarga arzonlashtirilgan. Uning 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega versiyasi endi 2299 emas, balki 1999 yuandan sotiladi; bu esa 290 AQSh dollariga teng qiymatdir.

Shuningdek, kompaniya bugun – 10 iyuldan e’tiboran Xiaomi Mi 9 narxini ham rasman pasaytirgan. Ushbu flagmanning 6/128 gigabaytlik talqini 29 dollarga arzonlashib, 407 dollardan sotilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4'da olingan ilk suratni tomosha qilamiz

Mi 9 flagmanining 8/256 gigabaytlik xotirali versiyasi narxi pasaytirilmagan, lekin Xitoyda uning xaridorlariga simsiz quvvatlash uskunasi sovg‘a sifatida qo‘shib berilyapti.

Darvoqe, dunyodagi barcha smartfonlar orasida ayni shu Xiaomi Mi 9 flagmaninining antennasi eng kuchli ekanligi aniqlangan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi Mi 9 modelini 3 799 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish, kompaniyaning hamyonbop flagmani – Xiaomi Mi 9 SE smartfonini esa 2 580 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Mi 9T hamda Redmi 7A smartfonlari Terashop'ga yetib keldi! Xiaomi'ning barcha smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil, 6 iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!