Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!

  •   DiMaX
  •  2201
  •  14.09.2019 11:30

Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!

Shu yil iyulning boshida Xiaomi kompaniyasi yangi brend ostidagi uchta smartfon – SS9, SS9ye va SS9 Meitu Custom Edition modellarini taqdim etgandi. Xitoy bozoriga mo‘ljallangan bu smartfonlardan birinchisini allaqachon Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Xiaomi endi shu CC9 modelining xalqaro versiyasini Mi 9 Lite nomi bilan xalqaro bozorga chiqaryapti. Uning namoyish marosimi 16 sentyabr kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi:

Biroq yangi model o‘zining xitoycha variantidan farq qiladi – kamerasi yaxshi tomonga o‘zgargan. Mi 9 Lite bosh kamerasi uchta – 48 megapiksellik asosiy, 13 megapiksellik keng burchakli ob’yektivga ega modul hamda 2 megapiksellik chuqurlik datchigidan iborat. Xiaomi CC9 modelida bu kameraning ikkinchi modulida 8 megapiksellik sensor qo‘llangan.

O‘QING: 8-avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni TENAA’da: xususiyatlari va rasmlarini ko‘ring!

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) kutilayotgan smartfonning xususiyatlarini e’lon qildi:

Demak, Snapdragon 710 protsessorli bu devaysni 6,39 dyuymlik AMOLED ekran bilan jihozlashyapti, tasvir aniqligi esa 2340x1080 piksellik. 4030 mA/soatlik batareyasi 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon qadoqdayoq MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi.

O‘QING: Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Bulardan tashqari, Xiaomi Mi 9 Lite smartfonining xotira variantlari va ularning narxlarini ham Sudhanshu Ambhore aytib o‘tgan:

Insayderga ko‘ra, Xiaomi Mi 9 Lite modelining tezkor/ichki xotirasi 6/64 GBlik varianti 365 dollar, 8/128 GBligi esa 385 dollarga baholanadi. Bu esa Xiaomi CC9 modelidan naq yuz dollarga qimmat – Xitoyda uning shunday xotirali versiyalari tegishlicha 261 va 290 dollardan sotilmoqda!

Hozircha esa kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: «Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!