Xiaomi rasmiy saytiga kutilmaganda eng arzon Redmi 9A smartfoni va Mi Band 4C smart-trekeri chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1194
  •  26.06.2020 15:53

Xiaomi rasmiy saytiga kutilmaganda eng arzon Redmi 9A smartfoni va Mi Band 4C smart-trekeri chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasi bu yilgi eng arzon smartfoni – Redmi 9A modelini ham tayyorlaganligi haqida yozganmiz. Kompaniyaning saytida bugun shu telefon hamda yana bir devays paydo bo‘lib qolgan, keyin yana yashirib qo‘yishgan.

O‘QING: Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

Rasmiy saytga tasodifan (balki ataylabdir) chiqarilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 9A diagonaliga 6,53 dyuymlik, HD+ formatli, tomchisimon kemtikli ekranga ega. Uning apparat ta’minoti asosida yap-yangi – MediaTek hali rasman taqdim etib ham ulgurmagan Helio G25 protsessori yotadi. Bu chipset 2.0 gigagerslik takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘z ichiga oladi.

Redmi 9A bosh kamerasi 13, old kamerasi esa 5 megapiksellik ekanligi, akkumulyator tok sig‘imi 5000 mA/soatni tashkil etishi ham yozilgan. Lekin ushbu ma’lumotlar bilan birga namoyish qilingan rasm Redmi 8A modeliga tegishli, shu boisdan barchasi qanaqadir shubhali.

O‘QING: Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

Arzon smartfondan tashqari, Xiaomi saytida yana bir bo‘lajak bestseller – Mi Band 4C aqlli bilaguzugi xususiyatlari ham rasmi bilan birga e’lon qilingan. Esingizda bo‘lsa, uning Mi Band 5 bilan birga namoyish etilishi aytilgan, ammo taqdimot ro‘yxatida u bo‘lmagan edi.

Shunday qilib, Mi Band 4C modeli diagonaliga 1,08 dyuymlik LCD-displey bilan ta’minlangan, uning ustiga 2.5D himoya shishasi qoplangan. Fitnes-braslet suvdan himoyaga (5 ATM) ega, bog‘lanish uchun Bluetooth 5.0 qo‘llaydi va avtonomligi 14 kunga boradi.

O‘QING: Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.