Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi sub-brendi o‘rta toifaning yuqori qatlamiga va yuqori sinf smartfonlarning quyi bozoriga kirib kelgan bo‘lsa-da, Xiaomi'ning eng kuchli «qurol»i hali ham standart Redmi va Redmi Note smartfonlari bo‘lib qolmoqda.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi 10 smartfoni ham ommabop oilaning munosib davomchisiga aylanib, Redmi 9'dan anchayin sezilarli yangilanishlarga ega bo‘ldi va mazkur narx doirasida uchratish qiyin bo‘lgan xususiyatlarni foydalanuvchiga taqdim etmoqda.

160–180 dollar evaziga stereo karnaylar, 90Hz yangilanish chastotasiga ega displey, 9 vattda taskari simsiz quvvatlash, 50MP asosiy kamera, 64GB ichki xotirani kengaytirish uchun maxsus microSD karta slotiga ega bo‘lasiz.

Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 162.0x75.5x8.9 mm, 181g; old panelda Gorilla Glass 3, plastikdan ishlangan orqa panel va rom.

> Displey: 6.50" LCD, 90Hz, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

> Xotira: 64GB 4GB RAM, 128GB 4GB RAM, 128GB 6GB RAM; eMMC 5.1; microSDXC (maxsus slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 50 MP, f/1.8, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 18 vattda tezkor quvvatlash, 9 vattda simsiz teskari quvvatlash.

Eng yaxshi tomoni shuki, Redmi 10 narx borasida Redmi 9'dan unchalik farqlanmaydi, biroq deyarli har bir jihat bo‘yicha Redmi 9'ni yangilaydi. 90Hz 1080p+ displeyni qo‘llab-quvvatlasin uchun, hatto, chipset ham yangilangan. Redmi 10 MediaTek Helio G88 chipida ishlovchi ilk smartfondir.

Redmi 10 bir qator premium ko‘rsatkichlarga ega alohida e’tiborga molik smartfondir.

Qadoq tarkibi
Qurilma standart qutida sotiladi. Qadoq ichidan kerakli hamma narsani topasiz. Zaryadlash va ma’lumot almashish uchun USB-C ga USB-A kabeli, 22,5 vatt nominalga ega adapter va shaffof silikon g‘ilof shular jumlasidan.

O‘QING: Poco X3 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!