Xiaomi Redmi 5 bugun, kutilganidan 2 barobar arzon narxda taqdim qilinadi

Xiaomi Redmi 5 bugun, kutilganidan 2 barobar arzon narxda taqdim qilinadi

Xiaomi kompaniyasining Redmi turkumiga kiruvchi yangi avlod hamyonboplari taqdimotiga bir necha soatlar qolmoqda. Bu smartfonlar arzon bahosi, shu bilan birga o‘z narxiga maksimal darajada munosib bo‘ladi. Kutilganidan arzon bo‘lishi aytilayotgan Xiaomi Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellarining har ikkalasi narx-navosi bilan xaridorlarni diqqatini tortadi.

Bir muddat avval Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarining yuqori modifikatsiyalari, ya’ni 4 GB "operativ" hamda 64 GB doimiy xotira talqinining kompaniya narxi $200 dollar atrofida bo‘lishi aytilgan edi. Biroq, AliExpress katalogida mashhur smartfon sotuvchi firmalar tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, gadjetlar bu platformada ular tomonidan $199 va $249 dollardan sotuvga chiqariladi.

Bundan kelib chiqadiki, Xiaomi kompaniyasi Redmi 5 va Redmi 5 Plus modellariga belgilagan narxi aslida bundan ham arzon. Taxminlarga ko‘ra, Xitoyda, erkin savdoda Redmi 5'ni $105, Redmi 5 Plus'ni $150 dollardan xarid qilish mumkin. Hozirdanoq xohlovchilar $199 va $249 dollar evaziga AliExpress savdo maydonchasida gadjetlarni moviy, qora, pushti yoki tilla rang korpusli talqinlarda xarid qilishlari mumkin.

5.7 hamda 5.7 dyuymli HD+ (1440x720 piksel) va FullHD+ (2160x1080 piksel) aniqligidagi Full Display, ya’ni to‘liq ekranli smartfonlar uchun bu yomon narx emas. Yangi gadjetlar brendga jahon miqyosida savdo hududlarini kengaytirishiga yordam beradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.