Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

  •   DiMaX
  •  3204
  •  05.01.2019 13:38

Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

«Xitoycha Apple» o‘zining hamyonbop smartfonlar turkumi – Redmi’ni alohida brend sifatida ajratgan. Uning ilk qurilmasi taqdim etiladigan vaqtini ham Xiaomi rasman aytgan.

O‘QING: QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning yangi smartfoni paydo bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, bu – Redmi brendi ostida 10 yanvarda taqdim etiladigan gadjetdir. Kuzatuvchilar uning Redmi 7 modeli bo‘lishini aytishayotir.

Qanday nomlanishidan qat’i nazar, mazkur Redmi smartfonining korpusi orqa panelida gradiyent tus qo‘llanadi.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F2 ham tayyor – u allaqachon Geekbench’da imtihon topshirdi!

Ko‘rib turganimizdek, gradiyent variantlar ikkita: qizil-tillarang va moviy-qizil.

TENAA hozircha uning nomini ham, texnik xususiyatlarini ham oshkor etmagan.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.