Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

  •   DiMaX
  •  4606
  •  14.12.2018 17:48

Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

«Xitoycha Apple» o‘zining arzon smartfonlar turkumining yettinchi avlodini tayyorlayotgani haqida xabar bergandik. Garchi Xiaomi sir tutayotgan bo‘lsa-da, ularning suratlari, narxlari va texnik jihatlari haqidagi ma’lumotlar ham chiqqan.

O‘QING: 120 dollardan boshlanuvchi Xiaomi Redmi 7 xususidagi birinchi ma’lumotlar va rasmlari bilan tanishing!

Xitoyning sertifikatsiya agentligi – China Compulsory Certificate (3C) tashkiloti ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning uchta yangi modeldagi telefoni ro‘yxatga olinganligi ma’lum bo‘ldi. Ular M1901F7C, M1901F7E va M1901F7T model raqamlari bilan qayd etilgan. Tahlilchilar bu gadjetlarning bozorga Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro nomlari bilan taqdim etilishini aytishmoqda.

Ushbu qurilmalar 5V/2A turida quvvatlanishi ko‘rsatilgan, bu esa Redmi turkumidagi singari smartfonlar uchun standart hisoblanadi. Model raqamlari «M19» bilan boshlanganiga qaraganda, mazkur gadjetlar 2019 yili taqdim etiladigan Redmi smartfonlaridir. Ushbu turkumning joriy yilda namoyish etilgan barcha modellari raqamlari «M18» bilan boshlangan edi.

Redmi 7 turkumi qurilmalarining bozorga chiqish vaqtigacha hali ancha vaqt bor, lekin mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlarini hoziroq Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda, 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!