Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

  •   DiMaX
  •  3875
  •  19.12.2018 16:10

Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelgan Meizu kompaniyasi turli gadjetlar ishlab chiqaradi. Lekin yurtimizda ham, dunyoda ham uning sifati narxidan yuqori bo‘lgan smartfonlari ko‘proq mashhur.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Yaqindagina ushbu kompaniya o‘zining eng arzon smartfoni – Meizu C9 modelini Hindistonda rasman taqdim qilgani haqida xabar bergandik. Arzonligiga qaramay, u hozirda urfga kirgan romsiz ekran dizayniga hamda yuz skaneriga ega! 5,45 dyuymlik displeyining tasvir aniqligi HD+ formatida (1400x720 pikselli). Uning fotochaqnoqli bosh kamerasi 13 megapiksellik bo‘lsa, selfilar uchun 8 megapiksellik old kamera ajratilgan.

Yangi hamyonbop telefonning «elektron yuragi» – to‘rt yadroli SC9832E protsessori bo‘lib, 1,3 gigagersgacha takt chastotasida ishlay oladi. Tezkorlikni ta’minlashda unga 2 gigabaytlik tezkor xotira yelkadosh bo‘ladi. Doimiy xotirasi 16 gigabaytlik bo‘lib, ikkita SIM-karta uyachasidan alohida slotga qo‘yiluvchi microSD formatli karta yordamida uni yana 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

O‘QING: Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Meizu C9 akkumulyatori 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, smartfonning o‘zi 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS + GLONASS modullari bilan ta’minlangan. Korpusining o‘lchami 146,4x70x8,5 millimetrga, vazni esa 140 grammga teng. Bulardan tashqari, u «toza» Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega, ya’ni bu smartfonga kompaniya dasturchilari tomonidan ishlab chiqiluvchi FlymeOS grafik qobig‘i asosidagi proshivka o‘rnatilmagan.

Endi ma’lum bo‘lishicha, xitoylik smartfonsoz ushbu Meizu C9 modelini allaqachon O‘zbekiston bozoriga ham rasman olib kelibdi! Mazkur gadjetning O‘zbekiston bozorida tavsiya etilgan narxi 750 ming so‘mdan boshlanadi!

Yana bir xushxabar: Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan Meizu’ning boshqa rusumlardagi smartfonlarining narxlari ham arzonlashdi! Endi ularni 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin!

O‘QING: Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!