Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 10 seriyasi Xiaomi'ning ko‘pchilik uchun mos keladigan hamyonbop lineykasi hisoblanadi. Biz quyida ko‘rib chiqajak Redmi Note 10 5G smartfoni sizga hamyonbop narx evaziga yangi avlod aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Lekin bu hali hammasi emas.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Hamyonbop Xiaomi Redmi Note 10 5G, shuningdek, 90Hz 1080p LCD ekran, orqa panelda uchta kamera, bir qator aloqa opsiyalari, katta sig‘imli akkumulyator va nisbatan kuchli protsessorga ega.

Redmi Note 10 5G qurilmasi 5G'da ishlovchi MediaTek Dimensity 700 chipseti bilan jihozlangan va 4GB tezkor, 64GB/128GB UFS2.2 doimiy xotirasiga ega. Xiaomi'ning microSD karta slotini olib tashlamagani quvonarli hol. Bundan tashqari, Note 10 5G muxlislar uchun sevimli bo‘lgan bir qator xususiyatlar, jumladan, 3.5 mm audio jek, FM radio, infraqizil port va NFC kabilarga ega. Biroq stereo karnaylar mavjud emas.

Redmi Note 10 5G o‘z narxi doirasidagi eng tezkor yoki eng yaxshi kamerali smartfon bo‘lmasligi mumkin, biroq qurilma Redmi Note seriyasi uchun 5G davrini boshlab berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 161.8x75.3x8.9 mm, 190g; old panelda Gorilla Glass 3, rom va orqa panel plastikdan.

> Displey: 6.50" IPS LCD, 90Hz, 400 nit (o‘rtacha), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6833 Dimensity 700 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.

> Xotira: 64GB/4GB, 128GB/4GB, 128GB/6GB; UFS 2.2; microSDXC.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26 mm, 1/2.0, 0.8µm, PDAF; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5 mm audio jek, FM radio, NFC.

Qadoq tarkibi

Foto: GSMArena

Redmi Note 10 5G oddiygina qog‘oz qutida sotiladi. Qadoq ichidan 22.5 vattlik quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabel va shaffof silikon g‘ilof o‘rin egallagan.

O‘QING: Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.