Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Butun dunyo bo‘ylab eng ommalashgan o‘rta toifa lineykalardan biri Redmi Note yaqinda yangi avlodda taqdim qilindi. Saytimizda Redmi Note 10 Pro smartfonining texnik jihatlari va qadoq tarkibi haqida post e’lon qilgan edik. Endigi navbat standart Note 10 smartfoniga.

O‘QING: Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Ushbu maqolada Xiaomi Redmi Note 10 smartfonining LTE talqiniga to‘xtalib o‘tamiz.

Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 160.5x74.5x8.3 mm, 179 g; old panelda Gorilla Glass shishasi, orqa panel va rom plastikdan; (bozor/hududga qarab) chang va suv sachrashidan himoyaning IP53 darajasi.

> Displey: 6.43" Super AMOLED, 450 nit (odatiy), 1100 nit (maksimal), 1080x2400p rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 409 ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SDM678 Snapdragon 678 (11 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 460 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 460 Silver); Adreno 612.

> Xotira: 64GB 4GB RAM, 128GB 4GB RAM, 128GB 6GB RAM; UFS 2.2; microSDXC (maxsus slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26 mm, 1/2.0", 0.8 µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 118˚, 1/4.0", 1.12 µm; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 13 MP, f/2.5, (keng), 1/3.06", 1.12 µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vattda tezkor quvvatlash; 25 daq. 50%, 74 daq. 100% (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); FM radio; infraqizil port; 3.5 mm audio jek, NFC mavjud emas.

Redmi Note 10 4G smartfonining asosiy e’tiborli jihatlari qatoriga unga o‘rnatilgan Super AMOLED ekrani, yuqori yorqinlikka ega displey, kompetent kamera jamlanmasi, katta sig‘imli akkumulyator va stereo karnaylar kiradi. Redmi Note 10 5G esa IPS panel va nisbatan sekin quvvatlanish imkoniyati bilan cheklangan.

Standart Redmi Note 10 qurilmasi Note 10 Pro'dagi Gorilla Glass 5 shishasi, 120Hz OLED panel va yaxshiroq sifatli 108MP asosiy kamera singari premium jihatlarga ega bo‘lmasa-da, uning smartfon olamida o‘z o‘rni bor. Qurilma sezilarli darajasa arzon va hozirgi standartlarga ko‘ra, kompakt. Smartfonda NFC yo‘qligi uning asosiy kamchiligidir.

Snapdragon 678 chipi va 6.43 dyuym OLED panelli smartfonni Asaxiy.uz do‘konidan 2 mln 408 ming so‘mdan boshlab sotib olsangiz bo‘ladi.

Qadoq tarkibi
Smartfonning qadoq tarkibi biror ajralib turuvchi jihatga ega emas. Qadoq ichidan foydalanuvchi yo‘riqnomalari, USB-A-USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof va 33 Vt lik quvvatlash adapteri o‘rin egallagan.

O‘QING: realme X7 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz