Xiaomi Redmi Note 11 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 11 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 11 seriyasiga mansub bo‘lgan barcha smartfonlar sotuvga chiqdi. Ular ikki tomondan shisha bilan qoplangini, bir xil dizayndagi kamera modulida egaligi hamda tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanganligi bilan bir-biriga o‘xshab ketadi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

O‘tgan haftada 5G chipga ega bo‘lgan Redmi Note 11 Pro 5G modeli bilan tanishgan edik. Bugun esa Redmi Note 11 Pro modeli haqida so‘z yuritamiz. 5G imkoniyatini hisobga olmasak, ikkala modelning qolgan texnik ko‘rsatkichlari deyarli bir xil. Oddiy model 5G modeldan farqli o‘laroq biroz arzonroq. Agar 5G siz uchun muhim ahamiyat kasb etmasa, Redmi Note 11 Pro yaxshiroq tanlov bo‘lishi mumkin. 

Foto: GSMArena 

Smartfonning dizayni haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning ikki tomoni shisha bilan qoplangan. Qurilma yassi displey va romlarga ega bo‘lib, IP53 standartiga ega. 

O‘tgan yilgi Redmi Note 10 Pro kabi yangi model ham 120 gerts chastotada ishlovchi 6.67 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Qurilmaga, shuningdek, 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 2MP sath kamera o‘rnatilgan. 

Smartfon Hello G96 chipida ishlaydi. O‘rta segmenda bu eng kuchli chip emas. Redmi Note 11 Pro ko‘pchilik yoqtirgan stereo dinamik, microSD uyasi, 3.5 mm audio jek, NFC va infraqizil portiga ega. Qurilma 67 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.2x76.1x8.1mm, 202g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha; IP 53. 

> Displey: 6.67“ Super AMOLED, 120 gerts, HDR10, 700 nit yorqinlik, 1200 nit (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik. 

> Chipset: Mediatek Helio G96 (12 nm): Sakkiz yadroli (2x2.05 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2. 

> Xotira: 4/64GB, 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.2; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.4, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 51% - 15 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port, NFC. 

Texnik ko‘rsatkichlardan Redmi Note 11 Pro o‘z sinfidagi boshqa smartfonlar bilan raqobatlasha oladi. Birgina kamchilik bu Hello G96 chipi bo‘lib, u hatto O‘tgan yilgi Note 10 Pro modeliga o‘rnatilingan Snapdragon 732G chipidan ham kuchsizroq hisoblanadi. Shuningdek, smartfon 4K formatda video yozib ololmaydi. 

Qadoq tarkibi 

Redmi Note 11 Pro oq qutida keladi. Qutidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

Avvalgi modellarning ekraniga zavoddan maxsus himoya plyonkasi o‘rnatilar edi. Ushbu modelda hech qanday himoya qatlami yo‘q, biroq u smartfon qadog‘idan o‘rin olgan. 

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!