Xiaomi Redmi Note 11'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 11'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bugun Redmi Note 11 modelining global versiyasi bilan tanishamiz. Avvalgi Redmi Note 10 bilan taqqoslasak, yangi modelda bir necha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Ekran o‘lcham hamda rezolyutsiya bo‘yicha avvalgi modelniki bilan bir xil bo‘lishi mimkin, biroq endi yangilanish chastotasi endi 90 gertsga oshgan, bundan tashqari yangi modelga yangi 50MP kamera o‘rnatilgan. 

Foto: GSMArena 

Redmi Note seriyasi bu yil juda ham chalkashib ketdi. Ushbu modelni Xitoy uchun ishlab chiqarilgan Redmi Note 11 bilan chalkashtirib yubormaslik lozim. Shuningdek, ushbu linyada Redmi Note 11S smartfoni ham bor. MediaTek chipi va 108MP kamerani hisobga olmasak, ikki qurilmaning texnik jihatlari bir xil.  

Xiaomi Redmi Note 11'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.9x73.9x8.1mm, 179g; old panel shisha, plastik rom; IP53 standarti. 

> Displey: 6.43 dyuyimli AMOLED, 90Hz,1000 nit (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6225 Snapdragon 680 4G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 265 Gold & 4x1.9 GHz Kryo 265 Silver); Adreno 610.

> Xotira: 4/64GB, 6/64GB, 4/128GB, 6/128GB; UFS 2.2; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118 daraja ko‘rish burchagi; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 13MP, f/2.4, (keng). 

> Video yozuv: Asosy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 60 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port, 3.5 mm audio jek. 

Redmi Note 11 modelining 4/64GB xotiraga ega turi 180 dollar, 6/128GB xotiraga ega turi esa 230 dollar narxda sotuvga chiqdi. Qiziqarli tomoni shundaki, yangi model o‘tgan yilgi Redmi Note 10 modelidan arzonroq narxda sotilmoqda.  

Bunga smartfonlar o‘rtasida katta o‘zgarish bo‘lmaganligi sabab bo‘lgandir. Redmi Note 10 modeliga o‘tnatilgan Snapdragon 678 chipidan yangi modeldagi Snapdragon 680 yangiroq hisoblanadi. Yangi chip 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, uning quvvat samaradorligi 11 nanometrlik Snapdragon 678 chipinikidan yaxshiroq. 

GPU bo‘yicha eski Snapdragon 780 chipi Adreno 612, Snapdragon 680 esa Adreno 610 grafik protsessori bilan birga ishlaydi. Bu jihatdan chipda pasayish kuzatilgan. Yana bir kamchilik qurilma 4K formatda videoga yozib ololmaydi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfonning qutisi aksessuarlarga boy. Smartfonning o‘zi esa odatiy oq qutida keladi. Qadoq tarkibidan qurilma bilan birga 33 vattlik quvvlash adapteri, USB-C kabeli, SIM-karta ejektori va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

Smartfon ekranida zavoddan o‘rnatilgan plastik qoplam bo‘ladi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.