Xiaomi Redmi Note 11S 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 11S 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 11 seriyasida bu yil juda ham ko‘p smartfonlar taqdim etildi. Bugungi qahramonimiz Redmi Note 11S 5G ko‘p jihatdan Poco M4 Pro 5G va Redmi 11T 5G modellariga o‘xshab ketadi. 

Qurilma o‘rta toifadagi 6 nanometrli MediaTek Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan. Qiziq tomoni shundaki, 5G versiya LCD displey, 4G versiya esa OLED displeyiga ega. Shunday bo‘lsa-da, qurilmadagi LCD displey hech bo‘lmaganda 90 gerts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Orqa panelda bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan kamera moduli joylashgan bo‘lib, undan 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP telemakro kamera o‘rin olgan. Aytgancha, Poco M4 Pro 5G va Redmi 11T 5G modellariga 2MP telemakro kamera o‘rnatilmagan. Shuningdek, 11T 5G va Note 11S 4G modellari 16MP selfi kameraga ega bo‘lsa, Note 11S 5G modeli 13MP selfi kamera bilan jihozlangan. 

Qurilma 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Gadjet yangi MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlasa-da, negadir eski Android 11 operatsion tizimida qolib ketgan. 

Xiaomi Redmi Note 11S 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 163.6x75.8x8.8mm, 195g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.60 dyuymli IPS LCD, 90 gerts, 450 nit yorqinlik (o‘rtacha darajada), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 399ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek MT6833P Dimensity 810 (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2. 

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB; UFS 2.2; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 119˚; Makro kamera: 2 MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 13 MP, f/2.4, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30/60 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 59 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5 mm audio jek. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon oq qutida keladi. Uning ichida smartfon bilan birga 33 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof bo‘ladi. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: realme GT Neo3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz