Xiaomi Redmi Note 11S smartfoni chiqmoqda

Xiaomi Redmi Note 11S smartfoni chiqmoqda

Redmi Note 11S smartfoni qachon taqdim etilishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq yaqinda tarqalgan mish-mishlarda qurilma fevral oyida taqdim etilishi aytilmoqda. 

FCC ro‘yxatida qurilmaning model raqami 2201117TY va 2201117SY ko‘rsatilgan bo‘lib, unda, shuningdek, smartfon MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlashi haqida ma’lumot berilgan. 

Redmi Note 11S modelining 6/64GB, 6/128GB va 8/128GB xotiraga ega turlari sotuvga chiqariladi. 

Qurilmaga MediaTek chipi hamda 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rnatiladi. 

O‘QING: MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tuvchi Xiaomi smartfonlarining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!