Xiaomi Redmi Note 4 egalari uchun muhim xabar bor!

Xiaomi Redmi Note 4 egalari uchun muhim xabar bor!

Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni egalari uchun muhim yangilik bor. Nihoyat, gadjetning dasturiy ta’minot tizimi ilg‘or platformaga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi Redmi Note 4'ning Android Nougat operatsion tizimiga yangilanishi xususida ma’lum qilgan. Hozircha mazkur yangilanish hajmi 1.3 gigabaytni tashkil qiladi va gretsiyaliklar birinchilardan bo‘lib bu imkoniyatga ega bo‘ldilar. Tez orada mazkur modelning boshqa davlatdagi foydalanuvchilari ham yangi platformaga ko‘chish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarni oladilar.

Hozircha Xiaomi'ning eng ommabop devaysi Android Nougat'ning 7.1.2 emas, 7.0 talqiniga ega bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, foydalanuvchilar operatsion tizimi apdeytidan so‘ng Google'ning iyulda e’lon qilingan xavfsizlik dasturiga ega bo‘ladilar. Bu dastur operatsion tizimida mavjud  virusga qarshi nozik jihatlarni bartaraf qiladi.  

Xiaomi Redmi Note 4 foydalanuvchilari ayni paytda ishlaydigan va kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan MIUI 8.5 tizimi bilan ham xayrlashadilar. Foydalanuvchilar 11 avgustdan boshlab Redmi Note 4'larini yap-yangi MIUI 9'ga yangilashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kompaniyasi MIUI 9'da bir qator ilg‘or o‘zgarish va yangilanishlarni va’da qilmoqda. 

MIUI'ning yangi avlodi xotirani avtomatik ravishda tozalaydi va keshni boshqaradi, fragmentatsiyaga qarshi real vaqt rejimida kurashadi, shuningdek unda axborotni himoyalash, simsiz ulanish texnologiyasi mustahkamlangan.

Shuningdek, MIUI 9'da bir vaqtning o‘zida 2 ta ilovadan foydalanish mumkin. Deylik, siz biror messenjerdan muayyan manzilni olasiz. Shu vaqtda sizga "Xarita" ilovasini ochish imkoni beriladi.

MIUI 9'dagi yana bir kutilgan funksiya -- "ko‘p oynali" rejim bo‘ldi.  Uning yordamida ekranni 2 ga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2 tadan ziyod ilovadan foydalanish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining bir necha yil avvalgi smartfonlari ham bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.