Xiaomi Redmi Note 8 2021'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 8 2021'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

2021 yilning mart oyida Redmi subbrendi Redmi Note 8 smartfoni 25 milliondan ortiq sotilganini e’lon qilgan edi. Shu yilning may oyida esa kompaniya ushbu smartfonning yangilangan Redmi Note 8 2021 versiyasini taqdim etdi.

O‘QING: Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yo‘l bilan Xiaomi ommabop bo‘lgan ushbu smartfonning savdosini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Ammo global miqiyosda chiplar yetishmovchiligi sabab, qurilmaning chipini o‘zgartirishga to‘gri keldi. Ya’ni Snapdragon 665 chipi MediaTek Helio G85 bilan almashtirildi. Bu smartfonni 4K videoga olish imkoniyatidan mahrum qildi.

Foto:GSMArena

Redmi Note 8 2021 smartfonining tezkor xotirasi 3GB yoki 4GB bilan cheklangan, biroq qurilmaning boshlang‘ich doimiy xotirasi 32GB dan 64GB gacha oshgan.

Smartfonning rang turlari ham kamaygan. Hozirda Moonlight White, Space Black hamda Neptune Blue rangli Redmi Note 8 2021 smartfonlari mavjud. Nebula Purple va Cosmic Purple ranglari esa mavjud emas.

Xiaomi Redmi Note 8 2021'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.3x75.3x8.4mm, 190g; old shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha (Gorilla Glass 5), plastik rom.

> Displey: 6.30 dyuymli IPS LCD displeyi, 500 nits yorqinlik, 1080x2340 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 409ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek Helio G85 (12nm): Sakkiz yadroli (2x2.0 GHz Cortex-A75 & 6x1.8 GHz Cortex-A55); Mali-G52 MC2.

> Xotira: 3/64GB, 4/64GB, 4/128GB; microSDXC sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

> Kamera: Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, 26mm, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF; Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 120-daraja, 1/4.0“, 1.12µm; Makro: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 13 MP, f/2.0, (keng), 1/3.1“, 1.12µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/120 kadr/sek; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,000 mAs; 18 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (orqa panelda); infraqizil port, 3.5mm audio jek.

Redmi Note 8 2021 smartfoni ikki yil oldin ishlab chiqarilgan Redmi Note 8'ning dizayn hamda texnik jihatlari bilan deyarli bir xil. Bunga smartfonlarning kamerasi, displeyi hamda akkumulyatorlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin

Qadoq tarkibi

Yangi smartfonning qutisi ham Redmi Note 8'niki bilan bir xil. Qutidan 22.5 vattlik Quick Charge 3+ texnologiyasiga ega bo‘lgan quvvatlash adapteri o‘rin olgan. Avvalgi Note 8'ning qutisida esa oddiy 10 vattlik zaryadlash adapteri bo‘lar edi. Shuningdek, qutidan USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof ham o‘rin olgan.

Foto:GSMArena

O‘QING: Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.