Xiaomi Redmi Note 9T qachon taqdim qilinishi aytildi

Xiaomi Redmi Note 9T qachon taqdim qilinishi aytildi

O‘tgan yilning oxirida Redmi Note 9T nomli smartfon haqida mish-mishlar tarqalgandi. Yangi yil boshida esa bu qurilmaning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi.

Kompaniyaning Ispaniyadagi ofisi yangi smartfon 8-yanvar kuni London vaqti bilan kunduzgi 10 da (Toshkent vaqti bilan esa 15 da) taqdim qilinishini aytib, Twitter'da e’lon qoldirdi, lekin tvit oradan ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlandi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, boshqa Xiaomi ofislari ham taqdimot sanasini tasdiqladi. Ammo bu safar taqdimot London vaqti bilan kunduzgi 12 (Toshkent vaqti bilan 17) da deb ko‘rsatildi.

Xiaomi Redmi Note 9T'ning asosiy jihati uning 5G'da ishlashidir. Smartfon allaqachon Geekbench'da Mediatek'ning Dimensity 800U chipi bilan sinovdan o‘tgan. «Operativka»si 4GB bo‘lgan qurilma qadoqdan Android 10'da ishlaydi.

Reklama e’lonidan ko‘rinib turgan yana bir jihat shuki, qurilma oreo shaklidagi kamera moduliga ega bo‘ladi. Redmi Note 9 Pro 5G'da ham ayni kamera dizaynidan foydalanilgandi. Biroq Note 9T faqat uchta kamera bilan jihozlanadi.

Demak, yangi Xiaomi Redmi Note 9T smartfoni 8-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da taqdim qilinadi. Tafsilotlarni biz bilan kuzatishda davom eting.

O‘QING: Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!