Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

  •   DiMaX
  •  1472
  •  05.04.2021 09:49

Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

«Xitoycha Apple» o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI grafik qobig‘ini har bir yangilanish bilan takomillashtirishda davom etmoqda. Jumladan, navbatdagi apdeyt bilan undagi standart videopleyer – Xiaomi Mi Video juda foydali funksiyaga ega bo‘ldi.

O‘QING: Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

Endilikda ushbu kompaniyaning barcha brendlariga mansub smartfonlar egalari Mi Video yordamida Facebook, Instagram, Twitter va boshqa ommabop platformalardan videoroliklar yuklab olishlari mumkin. Relizga izohlarda yozilishicha, buning uchun video havolasi ustiga bosish kifoya. Mazkur pleyer turli – MKV, MP4, M4V, MOV, AVI va boshqa formatlardagi videolarni ko‘chirib ola biladi.

Yangilangan (versiya raqami – 2021040200) Xiaomi Mi Video videopleyerini global MIUI proshivkali smartfonlarga yangilanish bilan keladi. Shuningdek, ilovani Google Play katalogidan mana bu havola orqali o‘rnatib olish ham mumkin.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!