Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  2511
  •  04.08.2020 09:01

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

«Xitoycha Apple» yaqinda o‘z mobil qurilmalarida Android 11 operatsion tizimini sinab ko‘ra boshladi. Hozir amaldagi MIUI 12 grafik qobig‘ining barqaror versiyasi esa Android 10 talqiniga asoslangan.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Endi esa Android 11 bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘ining barqaror versiyasi qachon chiqishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mi Community rasmiy hamjamiyati saytida ungacha yangilanuvchi smartfonlarning ro‘yxati ham chiqdi.

Shunday qilib, eng yangi operatsion tizim asosidagi MIUI 12 proshivkalari bu kompaniya smartfonlariga sentyabrdan tarqatila boshlaydi. Shuningdek, Xiaomi vakilining tasdiqlashicha, Snapdragon 845 protsessori bazasidagi flagman smartfonlarning davri o‘tdi. Ya’ni, Xiaomi Mi 8 hamda Xiaomi Mi Mix 2s kabi o‘z davrining zo‘rlari Android 10’gacha yangilanmaydi.

Ayni damda esa quyidagi smartfonlar uchun Android 11 tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda:

  1. Xiaomi Mi 10, ochiq beta-test – Android 11 Beta 2 bazasidagi MIUI 12.
  2. Xiaomi Mi 10 Pro, ochiq beta-test – Android 11 Beta 2 bazasidagi MIUI 12.
  3. Xiaomi Mi 10 Youth Edition (Lite Zoom), yopiq beta-test.
  4. Redmi K30 Pro / Poco F2 Pro, ochiq beta-test – Android 11 Beta 2 bazasidagi MIUI 12.
  5. Redmi K30 / Poco X2 – Poco India tasdiqlagan.
  6. Redmi K30 5G / Redmi K30, yopiq test.
  7. Redmi K30i 5G, yopiq test.
  8. Xiaomi Mi CC 9 Pro / Mi Note 10 / Mi Note 10 Pro, yopiq test.
  9. Xiaomi Mi Note 10 Lite, yopiq test.
  10. Redmi K20 / Mi 9T, yopiq test.

Yuqoridagi ro‘yxatda ayrim bandlarda bir nechta model kiritilgan, ulardan ba’zilari xitoycha smartfonning global versiyalari hisoblanadi. Lekin umumiy hisobda 17 ta nomdagi qurilma uchun Android 11 bazasidagi MIUI 12 sinab ko‘rilmoqda.

O‘QING: Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi «Xitoycha Apple» smartfonlarining umumiy ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Xiaomi Mi 10
  2. Xiaomi Mi 10 Pro
  3. Xiaomi Mi 10 Youth Edition (Lite Zoom)
  4. Redmi K30 Pro / Poco F2 Pro
  5. Redmi K30 / Poco X2
  6. Redmi K30 5G / Redmi K30 Racing Edition
  7. Redmi K30i 5G
  8. Xiaomi Mi CC 9 Pro / Mi Note 10 / Mi Note 10 Pro
  9. Xiaomi Mi Note 10 Lite
  10. Xiaomi Mi 10 Lite 5G
  11. Xiaomi Mi 9
  12. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  13. Xiaomi Mi 9 SE
  14. Xiaomi Mi CC 9 / Mi 9 Lite
  15. Xiaomi Mi CC 9 Meitu Edition
  16. Xiaomi Mi A3
  17. Redmi 10X Pro
  18. Redmi 10X 5G
  19. Redmi 10X 4G / Redmi Note 9
  20. Redmi Note 9 Pro Max
  21. Redmi Note 9 Pro
  22. Redmi Note 9 Pro India / Redmi Note 9s
  23. Redmi 9
  24. Redmi 9C / Poco C3
  25. Redmi 9A
  26. Poco M2 Pro
  27. Black Shark 3S
  28. Black Shark 3 Pro
  29. Black Shark Shark 3
  30. Black Shark 2 Pro
  31. Black Shark 2
  32. Redmi K20 Pro / Premium / Xiaomi Mi 9T Pro

Mazkur ro‘yxatda ham jami 43 ta rusumdagi telefon sanab o‘tilgan – ushbu modellardagi smartfonlar egalari xursand bo‘lsalar arziydi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xitoyliklarning bu smartfoni AnTuTu reytingini «portlatdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.