Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarini 22 noyabrgacha arzonroq olsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1193
  •  17.11.2020 14:13

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarini 22 noyabrgacha arzonroq olsa bo‘ladi!

AQShda har yili noyabrning to‘rtinchi payshanbasi Shukrona kuni sifatida nishonlanib, undan keyingi kuni Black Friday – «Qora juma» nomli arzonlatib sotish kuni bo‘ladi. «Xitoycha Apple» esa o‘zining Rossiyadagi onlayn-do‘konida «Chyornaya pyatnitsa» aksiyasini allaqachon boshlab yubordi.

O‘QING: Redmi yangi 5G-smartfonlarining taqdimot kuni va narxlari ma’lum bo‘ldi!

Aksiya 16 noyabrdan boshlangan bo‘lib, 22 noyabr kuni, Moskva vaqti bilan tungi soat 23:59 gacha davom etadi. Uning doirasida Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari, shuningdek, korporatsiya ekotizimining boshqa mahsulotlari uchun 5 ming rublgacha boruvchi chegirmalar e’lon qilingan.

Maksimal chegirma Xiaomi Mi 10 rusumli flagman smartfon uchun belgilangan, lekin ayni damda bu modeli tugab qolgan. Lekin Redmi Note 9, Redmi Note 8 Pro, Poco X3 NFC hamda F2 Pro modellari xaridida 2 ming rubl tejash mumkin.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Shuningdek, ayrim mahsulotlar xaridida turli aksessuarlar ham qo‘shib berilmoqda. Ba’zi aksessuarlarni esa rasmiy saytdan boshqa biror gadjetni xarid qilganda chegirma bilan olish imkoni mavjud.

Demak, hozir Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.