Xiaomi robot changyutgich taqdim qildi

Xiaomi robot changyutgich taqdim qildi

Ishlab chiqaruvchilar xonadon uchun mo‘ljallangan qurilmalarini namoyish qilish uchun har yili Berlinda yig‘iladi. Bu yil Roborock ilk marotaba (Xiaomi'ning sub-brendi) o‘zining yuqori toifa robot changyutgichini taqdim qildi. Ayni damda ushbu Roborock S5 Max ishlab chiqaruvchining eng zo‘r qurilmalaridan biri bo‘lib turibdi.

Xonadon uchun aqlli devayslar bozori kengayib bormoqda, robot changyutgichlar esa bu bozorning eng muvaffaqiyatli qurilmalariga aylanmoqda. 

Roborock bir necha yil ichida shuhrat cho‘qqisiga chiqa oldi. Bur necha oy oldin chiqargan Roborock S6 changyutgichi kompaniyaning hozirgacha eng ko‘p sotilgan mahsuloti sanaladi.

Roborock S5 Max qanday jihatlarga ega?

Roborock'dagilar ishlab chiqaruvchi changyutgichlar har doim ko‘pgina jihatlarga ega bo‘ladi. Chiqindilarni so‘rib olish kuchining yuqoriligi, rejalashtirilgan tozalash va qurilmani boshqarish uchun maxsus ilova mana shular jumlasidandir. Yangi Roborock S5 Max xonadonning xaritasini yaratish va tahlil qilish uchun lazerdan foydalanadi. Devaysni quvvatlash ham sodda ravishda amalga oshiriladi. Qurilma, shuningdek, tozalash kerak bo‘lgan va tozalab bo‘lingan maydonlarni hisob-kitob qilib boradi.

Roborock S5 Max nafaqat changyutgich vazifasini bajaradi, balki pollarni ham yuva oladi. Shuning uchun ham katta sig‘imli suv bakiga ega. Nazariy jihatdan olib qaraganda, qurilmaga 65m² yuzani uch marta yoki 185m² maydonni bir martada artib chiqishga yetarli miqdorda suv sig‘adi. Turli yuza va xonalarni tozlashda turli darajadagi suv miqdoridan foydalanishni belgilab qo‘yish ham mumkin.

Alexa va Google Assistant'lar xonadandagi aqlli qurilmalarni boshqarish imkonini beradi. Roborock'ning yangi devaysi ham bu yordamchilar bilan mos keladi. Yordamchiga changyutgichni ishga tushirish buyrug‘ini berasiz va tozalash boshlanadi. 

Narxi

Roborock S5 Max uchun kompaniya 599 AQSh dollari so‘ramoqda. Qachon sotuvga chiqishi esa hozircha noma’lum

O‘QING: Endilikda Xiaomi Mi 9T va 9T Pro'lar ham ARCore'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.