Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

  •   DiMaX
  •  1593
  •  13.11.2019 11:41

Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

Kuni kecha IDC tahlilchilari Hindistondagi smartfonlar bozoridagi holat bo‘yicha o‘z kuzatuvlari natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Realme kompaniyasi ulkan darajada o‘sishga erishgan, lekin yetakchilik hali Xiaomi qo‘lida.

O‘QING: Counterpoint: Ikki davlat sabab jahon smartfon bozorida ijobiy holat kuzatilmoqda

Qizig‘i shundaki, kuchli beshtalikda Samsung’dan boshqa barcha smartfonsozlar – xitoylik! Mana, ushbu bozorda joriy yilning 3-choragidagi holat quyidagicha (sotilgan smartfonlar soni million donalarda ko‘rsatilgan):

Shu munosabat bilan Xiaomi ushbu bozorda ikki yildan oshiq, uning onlayn-segmentida esa – uch yildan oshiq vaqtdan buyon yetakchi ekanini aytib maqtandi. Xususan, o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra Hindistonda smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor. Aniqroq qilib aytsak, bular – Redmi Note 7S, Redmi 7A (sotib olish), Redmi 7 (xarid qilish) hamda Redmi Note 7 Pro (sotib olish) qurilmalaridir.

O‘QING: Samsung eng xaridorgir smartfonining davomchisini allaqachon ommaviy ishlab chiqara boshladi

Bundan tashqari, Xiaomi ushbu bozorda o‘zining boshqa smartfonsozlardan qanchalik oldinda ekanini ham ta’kidladi. Kompaniya ko‘rsatkichlari Samsung’nikidan 44 foizga oshiq bo‘lsa, Vivo’nikidan 78, Realme’nikidan 89 va Oppo’nikidan 130 foizga ortiq.

Xiaomi bu yilning uchinchi choragida Hindistonda 12,7 millionta smartfon sotgan, bu esa mazkur bozor uchun rekord hisoblanadi. Kompaniyaning ayrim smartfonlarini 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlari kuchli radiatsiya tarqatishi qanchalik to‘g‘ri?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!