Xiaomi Samsung'ni ortda qoldirib yetakchilikni qo‘lga oldi

Xiaomi Samsung'ni ortda qoldirib yetakchilikni qo‘lga oldi

Xiaomi so‘nggi bir necha yil ichida Xitoydan tashqarida o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda. Hindistonda yetakchi mavqeini saqlab qolgan holda, kompaniya boshqa bozorlarda ham birinchilikka intilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi joriy yilning iyun oyida Rossiyada eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Rossiyadagi MTS do‘konlari tarmog‘ida Xiaomi savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniyaning bozordagi ulushi 31,2 foizni tashkil qilib birinchi, Samsung esa 29,8 foiz bilan ikkinchi o‘rinlarni egalladi. 7—13 iyul oyidagi savdolar bo‘yicha Samsung yetakchilikni yo‘qotgan.

Shu bilan birga, Apple va realme smartfon savdosi bo‘yicha mos ravishda uchinchi (14,5%) va to‘rtinchi (4,6%) o‘rinlarni egallashdi. Beshinchi o‘rinni Xiaomi'ning Poco sub-brendi egallagan bo‘lib, kompaniyaning bozor ulushi 3,8 foizni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, “M.Video Eldorado“ chakana savdo tarmog‘ining vakili Xiaomi (shu jumladan Poco) Rossiyada iyun oyida savdo hajmi bo‘yicha yetakchi ekanligini tasdiqladi. Biroq, Samsung 2021 yilning birinchi yarmida ham, ikkinchi choragida ham smartfon savdosi bo‘yicha Rossiya bozorda hukmronlik qildi.

“M.Video Eldorado“ning so‘zlariga ko‘ra, kuchli beshlikdagi qolgan uchta joyni Apple, realme va Honor kompaniyalari egallagan. Rossiya smartfonlar bozoridagi savdo hajmi yanvar-iyun oylarida taxminan 300 milliard rublni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘pdir.

O‘QING: Ta’mirlangan smartfonlar bozorining qiroli kim?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!