Xiaomi savdo hajmini 600 foizga oshirgan boshqa brendga yetakchilikni boy berdi

  •   DiMaX
  •  2117
  •  24.11.2018 10:44

Xiaomi savdo hajmini 600 foizga oshirgan boshqa brendga yetakchilikni boy berdi

Oppo kompaniyasi aynan Xiaomi Redmi brendi bilan bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgani va u ommalashib borayotgani haqida xabar bergandik. Jumladan, uning RealMe C1 modeli «kemtik»li ekranga ega eng arzon smartfonlardan biridir.

O‘QING: Arzon smartfonlar qiroli endi Xiaomi emas – 95 dollarlik Realme C1’ni qarshi oling! (+«jonli» video)

Oppo kompaniyasining ma’lum qilishicha, uning Realme bo‘linmasi joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida savdo hajmini iyul-avgust oylaridagiga nisbatan 600 foizga oshirgan.

Smartfonlar bozorining kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindistonda arzon modellar juda yaxshi sotiladi. Aynan shu mamlakatda Realme brendi sotilgan smartfonlar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Uning ortidan Xiaomi, keyin Samsung, undan so‘ng esa Huawei va Honor brendlari kelmoqda.

CyberMedia Research’s kompaniyasi rahbari Prabhu Ram (Prabhu Ram) e’lon qilishicha, joriy yilning to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha Realme eng yaxshi brendlar beshtaligiga kirishi aniq.

O‘zbekiston bozoriga Oppo Realme smartfonlari rasman kirib kelmagan. Xiaomi’ning aksariyat smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!