Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1309
  •  16.01.2020 12:12

Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

«Xitoycha Apple» 2018 yilning avgustida atigi 300 dollar atrofidagi narxga Pocophone F1 smartfonini namoyish qilgandi. Bu o‘sha paytdagi eng qudratli Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 845 bazasidagi eng arzon flagman edi.

O‘QING: Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

Bir yarim yildan beri Xiaomi fanatlari uning ikkinchi avlod vakili – Pocophone F2 modelini kutishmoqda. Saytimizda uning «jonli» surati, hatto uni qadog‘idan olib ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosi ham e’lon qilingan. Hattoki uning yanada takomillashtirilgan versiyasi – Pocophone F2 Pro xususida ham mish-mishlar chiqqan, biroq ishlab chiqaruvchining o‘zi shu paytgacha Pocophone brendining keyingi smartfoni haqida lom-mim demay kelayotir.

Shunday bo‘lsa-da, quyidagi skrinshotlar uning mavjudligini isbotlaydi:

Aftidan, uni bozorga kutilayotganidek Pocophone F2 (yoki Poco F2) emas, balki Poco X2 (yoki Pocophone X2) modeli sifatida taqdim etishadi.

O‘QING: Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

Shuningdek, kuni kecha ommabop Geekbench servisida ushbu smartfonni tekshirib ko‘rishganligi ma’lum bo‘ldi. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum Qualcomm protsessori bazasiga qurilgan ushbu modelning kodli nomi Phoenixin ekan:

Poco X2 yakka yadroli testda 547 ball, protsessorning barcha yadrolari ishtirokidagi sinovda esa 1767 ball olgan. Xiaomi uni qadog‘idanoq Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlab chiqaradi. Biroq yangi modelning taqdimot sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi Mi 10’ni ilk «jonli» suratlarda batafsil ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!