Xiaomi sirli smartfon – eng arzon Redmi 9 modelini «jonli» ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2989
  •  30.05.2020 13:32

Xiaomi sirli smartfon – eng arzon Redmi 9 modelini «jonli» ko‘rsatdi!

«Xitoycha Apple»ning to‘qqizinchi avlod smartfoni – Redmi 9 modelining «jonli» suratlaridan bir nechtasini e’lon qilganmiz. Shuningdek, uni Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rishgan.

O‘QING: Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Bugun – 30 may kuni Xiaomi’ning yangi mahsulotlar bo‘yicha direktori Van Teng Tomas (Wang Teng Thomas) kompaniya faoliyatini aks ettiruvchi bir nechta suratlarni Weibo tarmog‘iga joyladi. Ulardan birida esa hali taqdim etilmagan bitta smartfon aks etganini ishqibozlar payqab qolishdi.

E’tibor bersangiz, chapdan ikkinchi qatordagi to‘rtinchi smartfon o‘lchami boshqalaridan ancha yirik, tag‘in unga maxsus – ko‘proq joyini yopib turuvchi g‘ilof kiydirishgan:

Taniqli tarmoq informatorlari Mukul Sharma hamda Digital Chat Station bunga e’tibor qaratib, uning 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan Redmi 9 smartfoni ekanligini ta’kidlashgan.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 9 4G modeli naq 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlanadi. Uning ekrani o‘lchami diagonaliga 6,6 yoki hatto 6,67 dyuymgacha borishi mumkin, lekin tasvir aniqligi faqat HD+ formatida bo‘ladi. Arzon smartfonga shuyam bo‘laveradi-da, nima dedingiz?

O‘QING: Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!