Xiaomi smartfoni Android 11 bazasidagi MIUI 12.5'ga o‘tyapti

Xiaomi smartfoni Android 11 bazasidagi MIUI 12.5'ga o‘tyapti

Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI 12.5 qobig‘ini jo‘natishda ildamlab bormoqda. Yangi interfeysni qabul qilishni boshlagan navbatdagi smartfon esa Yevropa uchun chiqarilgan Mi 9 modelidir.

O‘QING: MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Mi 9 egalari ikki karra xursand bo‘lsalar bo‘ladi, chunki smartfon nafaqat MIUI 12.5'ga, balki Android 11 tizimiga ham o‘tmoqda.

Bu katta yangilanish. Apdeyt hajmi 2.4GB, shuning uchun, uni yuklashda Wi-Fi'dan foydalanish tavsiya qilinadi.

Dastur yangilanishi model raqami V12.5.1.0.RFAEUXM bo‘lib, hozirda Yevropa bozorida sotilgan Mi 9 smartfonlariga kelmoqda. Yuqoridagi skrinshotda keltirilgan o‘zgarishlar ro‘yxatidan ham ko‘rinib turganidek, mazkur proshivka «Barqaror» yorlig‘iga ega. Biroq bu butun dunyodagi barcha Mi 9'lar apdeytni qabul qilishni boshladi degani emas. Boisi Xiaomi yangilanishni avvaliga kichik ko‘lamda jo‘natib, apdeytda hech qanday muammolar yo‘qligiga ishonch hosil qilishga odatlangan.

Agar hammasi silliq kechsa, bir necha hafta ichida boshqa mintaqalar foydalanuvchilari ham yangilanishni qabul qila boshlashlari kerak. Agar sizda ham Mi 9 bo‘lsa va uni Yevropadan sotib olgan bo‘lsangiz, Sozlamalar ilovasidan yangilanishlarni tekshirib ko‘ring.

O‘zgarishlar ro‘yxati boshqa modellar uchun chiqqan MIUI 12.5'lardagi bilan bir xil. Ta’kidlashicha, tizim «20 baravar kuchayadi»; qurilmani tezlashtiruvchi «model uchun maxsus ishlangan o‘zgartirishlar» mavjud; «MIUI yengilroq, tezroq va chidamliroq» bo‘ladi. Yangilanish bilan birgalikda 2021 yil iyun xavfsizlik patchi ham qabul qilinadi. Vaholanki, barcha Mi 9'lar apdeytni qabul qilib bo‘lgunicha avgust oyi ham kelib bo‘lishi ehtimol.

Va nihoyat, Qaydlar ilovasi ham ko‘plab yangilanishlarni qabul qilmoqda. Ilova dinamik maketlar, murakkab tuzilmali ong xaritalari, chizish va eskizlash uchun yangi qurollar hamda yangicha imo-ishora yorlig‘i kabilarga ega bo‘lmoqda.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 12.5'ga o‘tishni boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!