Xiaomi smartfoni cho‘ntakdayoq o‘z-o‘zidan yonib ketdi

  •   DiMaX
  •  1843
  •  12.02.2019 11:52

Xiaomi smartfoni cho‘ntakdayoq o‘z-o‘zidan yonib ketdi

Turli kompaniyalarning har xil gadjetlari tutab, yonib va hatto portlab ketganligi haqida xabarlar chiqib turadi. «Xitoycha Apple» mahsulotlarida ham, kam bo‘lsa-da, shunday holatlar kuzatilgan.

O‘QING: Xiaomi tunda portlagan smartfon o‘rniga yangisini berib, hodisa sababini rasman izohladi

Rossiyadagi ommabop Pikabu portali foydalanuvchilaridan biri – meta1984 nikli yuzerning yozishicha, uning Xiaomi Mi Note 3 smartfoni o‘z-o‘zidan yonib ketgan. So‘zining isboti sifatida u yongan smartfonning hamda oyog‘idagi kuygan jarohatning rasmini joylagan.

Shikoyatchiga ko‘ra, u uyidan chiqishga tayyorlanayotganida, jinsi shimining cho‘ntagida xuddi kalit shodasi soniga tiralgandek bo‘lgan. Cho‘ntagida kalit yo‘qligini eslagunicha o‘sha joyi birdaniga kuchli qizib ketganini payqagan.  Tezda cho‘ntagidan smatfonini chiqargan, ammo u allaqachon yonib, plastiklari erib oqa boshlagan edi. Smartfon yonishidan uning xonasini quyuq tutun qoplagan, shimi kuygan va oyog‘ining son qismi jarohatlangan.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!