Xiaomi smartfoningiz bormi? Sovrin jamg‘armasi kamida 50 000 dollarlik tanlovga tayyor turing!

  •   DiMaX
  •  3017
  •  10.05.2019 12:38

Xiaomi smartfoningiz bormi? Sovrin jamg‘armasi kamida 50 000 dollarlik tanlovga tayyor turing!

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning oktyabrida Xiaomi Photographic Challenge fototanlovini e’lon qilgan edi. Unda istalgan modeldagi Xiaomi smartfonida olingan, har qanday mazmundagi go‘zal fotosuratlar taqdirlangan.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Gizmochina nashrining yozishicha, kompaniya Xiaomi Photographic Challenge fototanlovining ikkinchi bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U haqida ma’lumotlar hozircha juda kam, ammo sovrinlardan biri Mi 9 flagmani bo‘lishi aytilmoqda.

O‘tgan yili eng yuqori o‘rinlarni olgan fotosuratlar egalarining har biriga 10 000 AQSh dollaridan taqdim etilganini hisobga olsak, flagman – bosh sovrin bo‘lmasa kerak.

O‘QING: RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

Bundan tashqari, «Xitoycha Apple» avvalroq – 2017 yili o‘tkazgan tanlovining sovrin jamg‘armasi 30 000 dollar, 2018 yilgisida esa 50 000 dollar bo‘lgan. Shulardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu yilgi Xiaomi Photographic Challenge sovrin jamg‘armasi kamida 50 000 dollarni tashkil etadi.

Darvoqe, bulturgi tanlovda yuqori o‘rinlarni olgan rasmlardan faqat bittasigina qimmatbaho Xiaomi flagmanida, qolgan barchasi esa kompaniyaning o‘rtacha va hatto hamyonbop smartfonlarida tasvirga tushirilgan. Shunday ekan, yutuq egasi bo‘lish uchun har bir Xiaomi smartfoni egasida teng imkoniyat bor.

Bu boradagi xabarlarni Terabayt.uz bilan birga kuzatib boring, hozirgacha chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!