Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

  •   DiMaX
  •  3857
  •  27.10.2018 10:40

Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

«Xitoycha Apple» deya tavsiflanuvchi kompaniya o‘z mahsulotlarini yanada ommalashtirishning ajoyib usulini qo‘llamoqda. Ya’ni, u sovrin jamg‘armasi naq 50 000 AQSh dollariga teng Xiaomi Photographic Challenge tanlovini yo‘lga qo‘ydi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Ushbu tanlovda aynan Xiaomi smartfonlarida olingan suratlargina ishtirok etadi. Unga yuboriladigan rasm to‘rtta – Natural look, Piece of the world, Dreamscape hamda Why so serious toifalaridan biriga mansub bo‘lishi kerak.

Tanlovga rasmlarni qabul qilish joriy yilning 23 noyabriga qadar davom etadi. Professional hakamlar hay’ati a’zolaridan kamida uchta layk olgan fotosuratlar ikkinchi bosqichga o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda esa rasmlarni endi Xiaomi ishqibozlari baholashadi.

Har bir toifada g‘olib bo‘lgan fotosurat muallifi uchun 10 000 dollardan sovrin ajratilgan. To‘rtta toifaning har biri bo‘yicha ikkinchi o‘rin egalari 2 000 dollardan, uchinchi o‘rin sohiblari esa 500 dollardan mukofot olishadi. G‘olib va sovrindorlarni joriy yilning 6 dekabrida e’lon qilishadi.

Siz ham Xiaomi smartfoningizda chiroyli suratlar oladigan bo‘lsangiz, Xiaomi Photographic Challenge tanlovida ishtirok etish uchun ularni mana bu havola orqali yo‘llashingiz mumkin. Agarda yangi telefon sotib olish niyatida bo‘lsangiz, u holda Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple, Huawei, MDC, Meizu, Nokia, Philips, Samsung va Xiaomi kompaniyalarining turli modellardagi mahsulotlaridan tanlab, onlayn usulda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!