Xiaomi smartfonlari birorta iPhone’da yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Xiaomi smartfonlari birorta iPhone’da yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Xiaomi smartfonlari Google Android’ning kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan MIUI operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Bu mobil proshivka iOS va Android tizimlarining eng ilg‘or jihatlarini o‘zlashtirgani, menyu ilovalaridan xoli qulay interfeys bilan o‘ziga xos. MIUI operatsion tizimining yangi talqinida “xitoylik Apple” deb nom qozongan Xiaomi foydalanuvchilariga yangi ilg‘or funksiyadan foydalanish imkonini beradi. Boz ustiga, bu funksiya hali biror iPhone flagmanida yo‘q.

Xiaomi kompaniyasi MIUI 8 operatsion tizimining e’lon qilinishi bilan bog‘liq rejalarini e’lon qildi. Bu talqinda qator imkoniyatlar bilan birga, ekranni 2 ga bo‘lib ishlatishga mo‘ljallangan yangi rejim ham mavjud bo‘ladi. Kompaniya bu funksiyaning qanday ishlashini o‘zining so‘nggi yirik ekranli Mi Max 2 smartfoni misolida ko‘rsatib bergan. Avvaliga bu funksiyaning iyulda taqdim qilinishi kutilayotgan MIUI 9 operatsion tizimida tatbiq etilishi kutilgan edi.

MIUI 8 operatsion tizimining yangi talqini e’lon qilinishi bilan mobil gadjet ekranini 2 ga bo‘lish va 2 ta ilovadan bir vaqtda foydalanish imkoni tug‘iladi. Misol uchun, smartfon ekranining yarmida o‘yin o‘ynab yoki film ko‘rib, qolgan teng yarmida messenjerda foydalanish mumkin. To‘g‘ri, shunga o‘xshash funksiya “Split Screen” nomi bilan iOS 10’da taqdim qilingan edi. Biroq, Apple’ning bu imkoniyatidan faqat planshetlarda, ustiga-ustak so‘nggi avlod planshetlarida foydalanish mumkin. Xiaomi e’lon qilgan suratlarga ko‘ra, Split Screen funksiyasidan endi smartfonda ham foydalanish mumkin.

Yangi imkoniyatlarga ega MIUI 8’ning joriy hafatada taqdim qilinishi kutilmoqda. Avvaliga kam sonli foydalanuvchilarga bu imkon beriladi. Sinov talqindan foydalanish istagida bo‘lganlar Xiaomi’ning rasmiy forumidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada iOS 11’ning ilk beta-talqini taqdim etiladi. Ehtimol, unda Apple ham iPad va iPhone qurilmalarida ekranni 2 qismga bo‘lib ishlatish funksiyasini joriy qilar.