Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

  •   DiMaX
  •  3675
  •  07.03.2019 16:35

Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

«Xitoycha Apple» deya tavsiflanuvchi Xiaomi kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlarini ham arzon baholashi bilan shuhrat qozongan. Mazkur ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini tannarxidan salgina qimmatroq bahoda sotib kelayotir.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Biroq Xiaomi endi o‘zining biznes-strategiyasini o‘zgartirishga qaror qildi, buni kompaniya bosh direktori Ley Szyun ham tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi yaqin kelajakda ham texnik xususiyatlariga ko‘ra, ham narxi jihatidan yuksak smartfonlar segmentiga o‘tadi.

«Biz 2000 yuanlik (300 dollarlik) smartfonlar ishlab chiqaruvchi nomidan butkul qutulmoqchimiz, – deydi bosh direktor. – Biz o‘z ravnaqimizga sarmoya kiritib, premial mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtiryapmiz. Yaqin oradayoq barcha smartfonlarimiz narxlari osha boshlaydi. Bu judayam vahimali qimmatlashuv bo‘lmasa-da, har holda, yetarlicha seziladi».

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Janob Szyun smartfonlarning narxlari qanchaga qimmatlashuvi borasida aniq raqamlarni keltirmagan. Ammo uning ta’kidlashicha, Mi 9 modeli Xiaomi’ning eng so‘nggi arzon flagmani bo‘lib qoladi. Agarda shu smartfonning o‘ziyam o‘tgan yilgi Mi 8 modelidan o‘n foizdan oshiqroqqa qimmat ekanini hisobga olsak, kompaniyaning keyingi flagmani narxi kamida 500, balki hatto 600 dollardan boshlanishi mumkin. Tag‘in bu – Xitoyning o‘zida belgilanadigan narxlar bo‘ladi, xorijiy bozorlarda ular yanada qimmat bo‘lishi aniq.

Xiaomi’dan buni kutsa bo‘ladi – yaqinda u Redmi smartfonlarini mustaqil brend sifatida ajratdi. Endi ushbu brend ostida nisbatan hamyonbop modellar, Mi brendi bilan esa premial smartfonlar taqdim etilsa kerak.

Aytib o‘tish o‘rinliki, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.