Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

  •   DiMaX
  •  3459
  •  19.09.2020 17:19

Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

«Xitoycha Apple» hali o‘zining smartfonlariga MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarni to‘liq tarqatib ulgurgani yo‘q. Lekin korporatsiya uning keyingi – MIUI 13 versiyasini tayyorlashga shu yil bahordayoq kirishgan.

O‘QING: Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

Insayderlar internetga chiqargan yangi suratni esa ayni o‘sha MIUI 13 grafik qobig‘idan olingan skrinshot, deyishyapti. Unda smartfonni o‘chirish ekrani hozirgilaridan umuman boshqacha ko‘rinish kasb etgan:

Ko‘rib turganingizdek, unda tugmachalar o‘rniga «polzunka» mavjud bo‘lib, ikitagina variantdan birini tanlash mumkin: qurilmani o‘chirib qo‘yish yoki o‘chirib-yoqish (perezagruzka). MIUI 12 grafik qobig‘ida esa bu ekranda mazkur funksiyalardan tashqari «Parvoz rejimi» hamda «Ovozsiz» rejimga o‘tish imkoniyatlari ham taqdim etilgan.

Ehtimol, skrinshotda keltirilgan dizayn MIUI 13 uchun emas, balki MIUI 12 grafik qobig‘ining qaysidir yangi versiyasi uchun tayyorlanayotgandir. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatib boramiz.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!