Xiaomi smartfonlari MIUI yangilanishi bilan muhim funksiyalaridan mahrum etilyapti!

  •   DiMaX
  •  2043
  •  04.01.2020 08:33

Xiaomi smartfonlari MIUI yangilanishi bilan muhim funksiyalaridan mahrum etilyapti!

«Xitoycha Apple» mobil qurilmalarida qo‘llanadigan MIUI grafik qobig‘i o‘zining qulayligi, qo‘shimcha funksiyalarga boyligi bilan ajralib turadi. Lekin Xiaomi smartfonlar proshivkalari bilan bog‘liq bog‘liq noxush o‘zgarish qilayotganini jahon hamjamiyatiga ma’lum qildi.

O‘QING: Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

Xabarga ko‘ra, bir qator hududlarda maxfiylik haqidagi qonunlar va cheklovlar sababli, smartfonlarda endi Google’ning o‘z servislari va ilovalari ko‘proq qo‘llanadi. Xususan, yaqin orada Xiaomi ular uchun global proshivkaning ayrim funksiyalari olib tashlangan versiyasini tarqatadi. Jumladan, ularda MIUI Dialer (raqam terish) hamda MIUI Messaging (xabarlashish) ilovalari Android uchun standart bo‘lgan Google Phone va Google Messages ilovalariga almashtirilgan bo‘ladi.

Bunday almashtirish natijasida, barcha Xiaomi va Redmi smartfonlarida mavjud bo‘lgan Call Recording – qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi ishlamay qoladi. Biroq bu funksiya yilning oxirigacha yana MIUI proshivkasiga qo‘shilishi mumkin.

Ushbu o‘zgarishlar asosan Yevropa hududlari uchun amal qiladi; demak – o‘zbekistonlik foydalanuvchilar hozircha bundan xavotirlanmasalar ham bo‘ladi. Lekin tashvishga arzirli boshqa xabarlar ham chiqib kelayotir, masalan...

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.