Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

  •   DiMaX
  •  1295
  •  03.11.2020 11:52

Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Xitoyda har yili 11 noyabr (11.11) sanasi «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasi bo‘ladi va misli ko‘rilmagan hajmlarda savdolar amalga oshiriladi. Xiaomi kompaniyasi esa arzonlatib sotishni Rossiyada undan salkam o‘n kun oldin boshlab yubordi.

O‘QING: Chegirmalar vasvasasi: «Bo‘ydoqlar kuni» AliExpress bir soatdayoq rekord qo‘ydi!

Xiaomi o‘zining Rossiyadagi onlayn do‘konida «11.11 Mega-rasprodaja» nomli aksiyani e’lon qildi. Bu aksiya 10 noyabr kuni yakunigacha – Moskva vaqti bilan soat tungi 23:59 gacha davom etadi.

Aksiya doirasida Xiaomi, Redmi va Poco brendlari ostidagi turli mahsulotlar – smartfon, televizor, robot-changyutgich va elektrosamokatlar uchun 5 ming rublgacha boruvchi chegirmalar taqdim etilmoqda. Masalan, ekrani diagonaliga 32 va 43 dyuymlik bo‘lgan Mi TV 4A hamda Mi TV 4S turkumidagi televizorlarga, shuningdek, namli tozalash funksiyasiga ega bo‘lgan Mi Robot Vacuum-Mop P robot-changyutgichiga shunday yirik chegirmalar bor.

O‘QING: Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Bir qator smartfonlar chegirmalar bilan sotilmoqda, ayrimlarining xaridida esa ramziy 1 rubl evaziga turli sovg‘alar, masalan – 20 000 mA/soatlik poverbank qo‘shib beriladi.

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!