Xiaomi smartfonlari uchun Android 13 – MIUI 14 rasman e’lon qilindi!

Xiaomi smartfonlari uchun Android 13 – MIUI 14 rasman e’lon qilindi!

Xiaomi'ning mahsulot bo‘yicha direktori, MIUI jamoasi bosh rahbari o‘zining rasmiy Weibo sahifasida Xiaomi smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan MIUI 14 yangilanishi tez orada chiqarilishini aytdi va uning rasmiy logotipini ko‘rsatdi.

MIUI 14 rasmiy logotipi

"MIUI 14'ning maqsadlaridan biri eng sodda va yengil flagman mobil telefon tizimini yaratishdir", - deydi Jin Fan.

Afsuski, MIUI 14'ning aniq taqdimot sanasi ma’lum qilinmagan, lekin yangilanish juda qisqa muddatda bo‘lajak Xiaomi 13 seriyasidagi smartfonlar bilan taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: MIUI 14 Xiaomi foydalanuvchilari anchadan beri orzu qilgan xususiyatga ega bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!