Xiaomi smartfonlari uchun Android 13'ning ba'zi funksiyalari oshkor bo'ldi

Xiaomi smartfonlari uchun Android 13'ning ba'zi funksiyalari oshkor bo'ldi

Bir necha kun avval Xiaomi rasman o'zining smartfonlari uchun MIUI 14 versiyasini e'lon qildi va uning logotipini ham namoyish qilgan edi. Endilikda yangilanishning ilk skrinshotlari Internetda tarqatildi.

Foto: Mydrivers.com

 

Foto: Mydrivers.com

Ma'lum bo'lishicha, Android 13'ga asoslangan yangilanish MIUI'ning boshqaruv markazini o'zgartirish imkonini beradigan "Oddiy rejim" xususiyatiga ega bo'ladi. Qolaversa, yangi versiya bilan operatsion tizimga ichki o'rnatilgan ilovalarni ham o'chirish mumkin bo'ladi, bunda ularni minimal 8 tagacha qoldirish mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, MIUI 14 yangilanishi bilan Xiaomi smartfonlaridan reklamalar ham olib tashlanadi.

O'QING: Xiaomi o‘zining MIUI interfeysiga batareya stili bilan bog‘liq yangi funksiya qo‘shmoqda