Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarini 26 iyulgacha yanada arzon olsa bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1318
  •  21.07.2020 10:53

Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarini 26 iyulgacha yanada arzon olsa bo‘ladi

Smartfonsozlar ko‘pincha ayrim mamlakatlardagi xaridorlar uchun muayyan chegirmalar va imtiyozlar taqdim etib turishadi. Masalan, Samsung Upgrade dasturi doirasida Rossiyada Samsung smartfonini har yili yangilab olish imkoni berilgan.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy M01s chiqdi: afsuski, Samsung ham Xiaomi’ga ergashibdi!

Xiaomi kompaniyasi ham Rossiyadagi rasmiy onlayn-magazinida yozgi arzonlatuvning ikkinchi raundini e’lon qildi. Kecha – 20 iyul kuni boshlangan «Letnyaya rasprodaja, raund 2» aksiyasi 26 iyul, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi. Uning doirasida Xiaomi va Redmi brendi mahsulotlari xaridida 5 000 rublgacha chegirmalar va turli hadyalar olish mumkin.

Bundan tashqari, Redmi Note 9 smartfoni uchun cheklangan miqdordagi «Faqat 24 soatda» taklifi amal qiladi. Bunda mazkur qurilmani 16 990 rubl o‘rniga 13 990 rublga, shuningdek, 10 000 mA/soatlik Mi 18W Fast Charge portativ akkumulyatorini ramziy 1 rublga olish taklif etiladi.

Maksimal miqdordagi, ya’ni 5 000 rubllik chegirma esa Xiaomi Mi 10 flagmani uchun taqdim etiladi. Asl narxi 69 990 rublga teng bo‘lgan bu smartfonni aksiya doirasida 64 990 rublga olsa bo‘ladi.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Redmi Note 8 Pro modelining turli versiyalari uchun esa 4 000 rubllik chegirmalar belgilangan. Smartfonlardan tashqari, yana Xiaomi ekotizimining turli vakillari – aqlli televizor, changyutgich, aqlli bilaguzuk va simsiz quloqchin kabi turli gadjetlar uchun ham chegirmalar amal qiladi.

Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!