Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

  •   DiMaX
  •  2559
  •  12.10.2020 17:32

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

«Xitoycha Apple» o‘zining Rossiyadagi onlayn do‘koni orqali kuzgi arzonlatuvning uchinchi raundini e’lon qildi. Uning doirasida Xiaomi smartfonlari, maishiy texnika jihozlari va boshqa tur devayslarini ancha arzon olish mumkin.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Ushbu aksiya bugun – 12 oktyabrda boshlangan bo‘lib, 18 oktyabr kuni, Moskva vaqti bilan tungi soat 23:59 gacha dvom etadi. Kompaniyaning o‘zi aksiyada 4 ming rublgacha chegirma va’da qilgan bo‘lsa-da, amalda 5 ming rublga arzonlashtirilgan tovarlar ham bor!

Jumladan, aslida 17 990 rubllik Redmi Note 9S smartfonini hozir 4 000 rubllik chegirma bilan – 13 990 rublga olish mumkin. Redmi Note 8 Pro modelida ham shunaqa chegirma bor – uni 19 990 rubl o‘rniga hozir 15 990 rublga olsa bo‘ladi.

Xiaomi Mi 10 flagmani xaridida esa naq 5 000 rubl foyda qilishdan (6 9990 rubl o‘rniga 6 4990 rubl) tashqari, ramziy 1 rubl evaziga Mi Smart Band 5 ham beriladi. Aytish kerakki, alohida olganda bu smart-braslet narxi 3290 rublga teng.

Bulardan tashqari har xil televizor, elektrosamokat va boshqa tur mahsulotlarga ham o‘ziga yarasha chegirmalar belgilangan. Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi shu oydayoq Snapdragon 865 chipli ikkita arzon flagman chiqarmoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!