Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarini 3 martgacha 40% chegirma bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1558
  •  01.03.2021 09:45

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarini 3 martgacha 40% chegirma bilan olish mumkin!

AliExpress onlayn savdo platformasining Rossiyaga mo‘ljallangan Tmall internet-do‘konida «Xitoycha Apple» mahsulotlari uchun aksiya e’lon qilindi. «Xiaomi’dan hamma xursand» («Vse v vostorge ot Xiaomi») deb nomlanuvchi ushbu aksiyada Xiaomi, Redmi hamda Poco brendlariga mansub ayrim gadjetlarga chegirma bor.

O‘QING: Eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanlar – Redmi K40 Pro hamda kutilmagan K40 Pro+ namoyish etildi!

Mazkur aksiya 2021 yilning 1 martidan to 3 martigacha (shu kunlari ham) amalda bo‘ladi va unda qirq foizgacha chegirmalar va’da qilinmoqda. Mi Robot Vacuum-Mop Essential G1 rusumli robot-changyutgich uchun chegirma esa undan ham ortiq – uni avvalgi 23 000 rubl o‘rniga aksiyada 10 570 rubl evaziga olish mumkin.

Shuningdek, Xiaomi Mi Band 4 NFC aqlli bilaguzugi va Xiaomi Mi AirDots Pro simsiz quloqchini uchun 40 foiz, Xiaomi Mi Band 5 hamda Mi True Wireless Earbuds 2 uchun esa 30% chegirmalar belgilangan.

O‘QING: Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!

Yana bir qiziqarli taklif esa yangi chiqqan Redmi Note 9T smartfoniga tegishli – aslida 20 490 rubllik bu gadjetni 17 490 rublga olsa bo‘ladi. Tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik Poco X3 NFC modelini esa 21 990 rubl o‘rniga 17 990 rublga xarid qilish mumkin.

Aksiya doirasida xarid qilingan tovarlarni Rossiyadagi buyurtmachilarga ikki kundan boshlanuvchi muddatlarda yetkazib berishni va’da qilishyapti. Demak, hozir ushbu mamlakatda bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda Rossiyada bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.