Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

  •   DiMaX
  •  2749
  •  21.12.2019 15:41

Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

«Xitoycha Apple» o‘zining turli smartfonlari uchun MIUI 11 bazasidagi proshivkalarni taqdim etib kelayotir. Biroq yangilanish degani – hamisha ham ijobiy bo‘lavermas ekan...

O‘QING: Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

Xiaomi smartfonlari egalari MIUI 11 grafik qobig‘ini o‘rnatganlaridan so‘ng qurilmalarning avtonomligi pasayib ketganidan shikoyat qilishmoqda. Ularning ta’kidlashlaricha, yangilanganidan keyin akkumulyator quvvati avvalgidek uzoq vaqtga yetmay qolyapti.

Har xil modellarda bu holat uchrasa-da, shikoyatlar asosan Xiaomi Mi 9 hamda Mi 9T qurilmalari egalaridan tushmoqda. Shuningdek, statistikaning ko‘rsatishicha, batareya quvvatini asosan Android operatsion tizimining o‘zi sarflamoqda.

Xiaomi mazkur holat bo‘yicha biror rasmiy izoh bermagan; lekin aksariyat hollarda Google Play servisining keshini tozalash yaxshi foyda beryapti.

O‘QING: Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.