Xiaomi smartfonlariga MIUI 12.5 keladi: nimalari bor?

  •   DiMaX
  •  3701
  •  10.12.2020 10:29

Xiaomi smartfonlariga MIUI 12.5 keladi: nimalari bor?

«Xitoycha Apple» hozir o‘z smartfonlariga MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatmoqda. Bundan tashqari, hali rasman namoyish qilinmaganMIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan dastlabki skrinshotlarni, shuningdek, birinchi videolavhani va ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham chiqarganmiz.

O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Buni qarangki, Xiaomi kompaniyasi shu ikki avlod grafik qobig‘i o‘rtasida «o‘n ikki yariminchi» – oraliq versiyani ham tayyorlabdi. Rasman MIUI 12.5 deb nomlanuvchi ushbu apdeyt MIUI 13 taqdimotiga qadar namoyish etilib, tarqatiladi.

Mi Community China rasmiy hamjamiyatidagi xabarga ko‘ra, dasturchilar allaqachon yangi grafik qobiqni test qilishni boshlashmoqda. Oddiy foydalanuvchilar uchun haftalik beta-talqinlarni tarqatish ishlari esa 14 dekabrdan boshlanadi.

Taxminlarga ko‘ra, MIUI 12.5 dasturiy ta’minotini Xiaomi Mi 11 hamda Xiaomi Mi 11 Pro flagmanlari bilan birgalikda rasman namoyish etishlari mumkin. Shu bilan birga, ushbu smartfonlar oraliq grafik qobiqdagi ilk barqaror proshivkaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 Pro ilk suratda: dizayni Xiaomi Mi 11’dan mutlaqo farqli!

MIUI 12.5 grafik qobig‘iga qo‘shilgan yangi funksiyalar qatorida quyidagilar mavjud:

  • Desktop rejimi – bunda smartfonga monitor ulab, uni salkam kompyuter kabi ishlatish mumkin bo‘ladi.
  • Maxfiylik va xavfsizlikni oshirish uchun, ilovalarga foydalanuvchining joylashuvini (geolokatsiyani) aniq emas, balki taxminiy aniqlashgagina ruxsat berish mumkin. Buning uchun maxsus sozlama qo‘shilmoqda – foydalanuvchi uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra yoqib yo o‘chirib qo‘ya oladi.
  • Yangi interfeys joriy etilgan, bosh sahifa ham yangilangan, o‘chirish-yoqish va ovozni ko‘tarish-pasaytirish tugmachalarini bosganda chiqadigan interfeys, ilovalar va bildirishnomalar kabilarning interfeyslari ham yangilangan.
  • Jildlarni ochish va ilovalarni ishga tushirishdagi launcher animatsiyalari yaxshilangan.
  • Kamera sozlamalarida yangi interfeys qo‘llangan; «Galereya»ning o‘zidanoq suratlarni tezkorlikda PDF formatiga o‘girish mumkin.

XiaomiRedmiPoco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)