Xiaomi smartfonlariga oid muhim yangilik feyk bo‘lib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  473
  •  15.04.2021 15:54

Xiaomi smartfonlariga oid muhim yangilik feyk bo‘lib chiqdi!

Kecha biz Xiaomi korporatsiyasi MIUI 13 grafik qobig‘idan voz kechib, o‘rniga Mi TaleUI nomli yangisini tayyorlayotgani haqida yozgan edik. Keyinroq aniq bo‘ldiki, xorij nashrlari tarqatgan ushbu xabar yolg‘on ekan.

O‘QING: Feyklarga aldanmang: Toshkent ko‘chalaridagi uch oyoqli kameralar nimalarni kuzatmoqda?

Xabarda asos qilib olingan – vidjetlar va Windows Mobile tizimidagi kabi «plitka»lar aks etgan surat Slashleaks saytidan olib tashlangan. O‘sha soxta tizer aslida quyidagi rasm asosida tayyorlangan ekan:

Xiaomi turli mobil qurilmalariga MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytgan. Biz ushbu proshivkaga aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Kompaniya allaqachon uning davomchisi – MIUI 13 proshivkasi ustida ishlarni ham boshlab yuborgan. Uni birinchi navbatda yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati bilan mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!