Xiaomi smartfonlarini MIUI 10.3.1.0 proshivkasi «g‘ishtga aylantiryapti»

  •   DiMaX
  •  2268
  •  26.06.2019 07:48

Xiaomi smartfonlarini MIUI 10.3.1.0 proshivkasi «g‘ishtga aylantiryapti»

Mi 9 SE smartfonlari uchun MIUI 10.3.1.0 talqinidagi proshivka yaqinda tarqatila boshlagan edi. Lekin Yevropada sotilgan mazkur modeldagi qurilmalar foydalanuvchilari kutilmagan muammoga duch kelishdi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

Ushbu apdeyt hajmi taxminan 600 MB bo‘lib, xavfsizlik yangilanishlarini hamda suratga tushirishning Moon Mode rejimini o‘z ichiga olgan. Biroq yevropalik Xiaomi Mi 9 SE (sotib olish) egalari uni o‘rnatgach, smartfonlari ishdan chiqib qolayotir. Bunda ekranda «Tizim yo‘q qilindi, o‘chirish uchun yoqish tugmachasini bosing» yozuvi chiqib qoladi:

MIUI 10.3.1.0 bilan bog‘liq ushbu muammo ommaviy tus olgan: mi.com maydonchasidagi rasmiy forum birinchi sahifasining o‘zidayoq to‘rtta shunaqa xabar bor; forumning shu «shoxcha»si jami 22 sahifadan iborat.

O‘QING: Xiaomi CC9 hamda CC9e smartfonlarining taqdimot kuni, narxi, jihatlari va suratlari!

Xiaomi allaqachon bu masalani o‘rganishga kirishgan, ammo rasmiy yechim hozircha yo‘q – faqat smartfonni dastlabki sozlamalariga qaytarish yo‘li bilangina tiklay olishyapti. Yanada qiziq tomoni shundaki, ushbu nuqson Yevropada rasman sotilgan Mi 9 SE modellaridagina uchrayapti, norasmiy yo‘llar bilan olib kirilganlari esa MIUI 10.3.1.0 apdeytini bemalol qabul qilyapti.

Har ehtimolga qarshi, Xiaomi Mi 9 SE egalariga mazkur yangilanishni o‘rnatmay turishni tavsiya etamiz. Kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini esa atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Redmi Note 7, Mi 9 SE va Mi Play arzonlashdi – Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 17 iyun)