Xiaomi smartfonlarning akkumulyatori uchun yangi texnologiyani taqdim etdi

Xiaomi smartfonlarning akkumulyatori uchun yangi texnologiyani taqdim etdi

Xiaomi o‘tgan hafta smartfon akkumulyatori borasida olamshumul yangilikni amalga oshirganini Weibo platformasida ma’lum qildi. Ushbu texnologiyani kompaniya 2022-yilning ikkinchi yarmidan boshlab smartfonlarda qo‘llay boshlaydi. 

Ushbu texnologiya akkumulyator quvvatini 10% ga oshiradi va komponentning hajmini bir xil darajada ushlab turadi. Boshqacha qilib aytganda, kompaniya endi kichik hajmli akkumulyatorga ko‘proq quvvat sig‘dira oladi. Shunday qilib, 4000 mAs sig‘imli akkumulyatorga endi 4,400 mAs quvvatni sig‘dirish mumkin. 

Xiaomi, shuningdek, yangi tezkor quvvatlash texnologiyasini ham taqdim etmoqchi. USB-C kabeli orqali USB-C 2.1 texnologiyasi maksimal 240 vatt quvvatlashni taqdim etadi. Biroq bunday kuchdagi quvvat bilan bitta samarfon zaryadlansa, bu smartfonni ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Hozircha 100 vatt ham bitta smartfonni tezkor quvvatlash uchun yetarli.

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.