Xiaomi subbrendi o‘z smartfonlarida kamerani tuzatishning oson yo‘lini o‘rgatdi

  •   DiMaX
  •  890
  •  16.06.2021 13:13

Xiaomi subbrendi o‘z smartfonlarida kamerani tuzatishning oson yo‘lini o‘rgatdi

Avvalroq internetda ayrim Poco X2 smartfoni egalarining shikoyatlari paydo bo‘la boshlagan. Foydalanuvchilar ularda kamera yaxshi ishlamayotganini aytishayotgan edi.

O‘QING: Flagman chipli yangi smartfon – Poco F3 GT rasmiy videotizeri chiqdi

Xiaomi korporatsiyasining subbrendi bo‘lmish Poco kompaniyasi vakillarining ta’kidlashlaricha, kamera nosozligidan noliganlar ushbu model umumiy xaridorlarining 0,2 foizini tashkil etadi, xolos. Shunga qaramasdan, brend vakillari mazkur muammoni bartaraf etishning osongina usulini Twitter-akkauntda e’lon qilishdi.

Unga ko‘ra, aksariyat Poco smartfonlarining kamerasida yuzaga kelgan kamchiliklarni mana bu usulda o‘zingiz bartaraf eta olasiz:

  1. «Sozlamalar» – «Izlash» – «Ilovalarni boshqarish» – «Kamerani izlash» – «Ma’lumotlarni tozalash» – «Barcha ma’lumotlarni tozalash»ni bosasiz.
  2. Smartfonni o‘chirib-yoqasiz.
  3. Kameraning ishlashini tekshirib ko‘rasiz.

Agarda shunda ham xatolik saqlanib qolaversa, bu haqda «Servislar va qayta aloqa» ilovasi orqali xabar bering, deydi Poco.

O‘QING: Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!