Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1935
  •  07.11.2017 10:43

Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

O‘tgan yili Xiaomi hammuassisi va bosh direktori Ley Szyun, agarda xaridorlar ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lsalar, kompaniya suv o‘tkazmaydigan smartfonlar ham ishlab chiqarishini ma’lum qilgan edi. «Xitoycha Apple»ning bunday himoyaga ega smartfonlari chiqishiga ham oz vaqt qoldi, deya xabar beradi Gagadget nashri.

Aytish kerakki, Xiaomi bir qancha hamyonbop modellar hamda qimmatbaho flagmanlar ishlab chiqargan. Ochig‘i, ularning ko‘pchiligi ancha arzon bo‘lsa-da, ayrim ilg‘or modellarining narxi baland. Xo‘sh, kompaniya rahbari «ko‘proq to‘lash» deganda qancha miqdorni nazarda tutgan edi va to‘laqonli «suvdan qo‘rqmas» smartfon qachon chiqadi?

Xitoylik insayderlarga ishonadigan bo‘lsak, bunga oz vaqt qolgan. 2018 yilning birinchi yarmidayoq Xiaomi suvdan to‘liq muhofazalangan naq uchta smartfon taqdim etishni rejalashtirgan.

Tabiiyki, ular orasida flagman – Xiaomi Mi 7 modeli ham bo‘ladi, ammo kompaniyaning o‘z chipseti bazasidagi Mi 6c mazkur ro‘yxatga kirmaydi – uni shu yilning dekabridayoq namoyish etishmoqchi. Qolgan ikkita smartfon nomi va xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Ta’kidlab o‘tish kerakki, Xiaomi Mi 6 qurilmasida faqatgina nam va chang ta’siridan himoyalangan.

O‘QING: Xiaomi Mi 6: kuchli flagman yarim narxida | Tavsif

Bugungi kunda Samsung, LG, HTC, Sony va Apple flagmanlarida suvdan himoya funksiyasi mavjud. Shuningdek, yaqinda Huawei ham IP67 standarti bo‘yicha muhofazalangan Mate 10 Pro modelini taqdim etgan. Endi esa Xiaomi ham ular safiga kirmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!