Xiaomi taqdimotdan avval Black Shark 2 Pro smartfonini sota boshladi – «jonli» rasm va benchmark natijalari

  •   DiMaX
  •  1219
  •  27.07.2019 13:23

Xiaomi taqdimotdan avval Black Shark 2 Pro smartfonini sota boshladi – «jonli» rasm va benchmark natijalari

«Xitoycha Apple» eng yangi va kuchli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasiga qurilgan Black Shark 2 Pro geymerlar smartfonining taqdimot kunini rasman aytgan. Shuningdek, biz uning Geekbench servisidagi samaradorlik natijalarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 9T Pro taqdimot arafasida Geekbench’da imtihon topshirdi: Black Shark 2 Pro’dan qolishmaydi!

Endi esa ushbu geymerofon AnTuTu benchmarkida ham o‘z kuchini ko‘rsatdi. Aytish kerakki, u turli smartfonsozlarning Snapdragon 855 chipli flagmanlaridan yuqori – 405598 ball olgan:

Demak, Qualcomm’ning yangi protsessori o‘z so‘zini aytgan, bu natijaga erishishda yana Black Shark texnologiyalarining ham hissasi bor.

O‘QING: AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Kompaniya allaqachon Black Shark 2 Pro uchun oldindan buyurtma qabul qila boshladi. Xitoyning ommabop JD.com onlayn bozorida uning uchun 8888 yuan so‘rashyapti, bu esa taxminan 1293 AQSh dollariga teng keladi.

O‘QING: Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

Shuningdek, insayderlar Black Shark 2 Pro smartfonining «jonli» rasmini ham internetga chiqarib yuborishdi:

Demak, mazkur o‘yinbop smartfon bilan batafsil tanishuvga ham oz vaqt qoldi – uni 30 iyulda namoyish etishadi. Hozirgacha global bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz onlayn do‘konimizdan 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Smartfon bozorida rekord: Samsung ikkinchi o‘rinda, yetakchi kim unda?!