Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

  •   DiMaX
  •  4107
  •  27.06.2020 12:59

Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Smartfonsoz kompaniyalarning rahbarlari o‘zlari qaysi rusumlardagi telefonlarni ishlatishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ulardan o‘zi yaxshi ko‘rgan uchtasini ma’lum qildi.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Ley Szyunga eng ma’qul kelgan dastlabki smartfon Xiaomi Mi Mix 2 modeli ekan. Kompaniya rahbari uni keramikadan ishlangan, betakror orqa qopqog‘i uchun ham yoqtirishini ta’kidlab o‘tgan.

Mi Mix 2 flagmani 2017 yilning sentyabrida namoyish qilingan bo‘lib, foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.

O‘QING: Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

Xiaomi rahbariga yoqqan ikkinchi smartfon – sanoqli miqdorda ishlab chiqarilgan, Xiaomi Mi 6 Bright Silver Discovery Edition nomli maxsus talqindagi qurilmadir.

Top-menejerning izoh berishicha, mazkur modelning korpusini ishlab chiqarishda o‘ta yuksak aniqlikdagi vakuumli shakl berish jarayoni qo‘llangan, shu sababli ham ko‘zgu effektini beradi.

O‘QING: Xiaomi bu smartfondan atigi 100 donasini sotuvga chiqardi!

Va nihoyat, Ley Szyun kompaniyaning bu yilgi flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu modelini ishlab chiqayotganida kompaniya o‘z an’anasiga ko‘ra smartfon tannarxini imkon qadar past qilishni emas, balki maksimal darajada samarador flagman yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, deydi u.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!