Xiaomi tayyorlagan yana bitta arzon smartfon fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1104
  •  22.07.2020 18:03

Xiaomi tayyorlagan yana bitta arzon smartfon fosh bo‘ldi!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi brendiga mansub o‘ninchi avlod fableti – Redmi Note 10 modeli benchmarkda «qo‘lga tushgani» haqida boyagina yozgan edik. Endi esa Xiaomi’ning yana bitta qurilmasi fosh bo‘ldi va bunisi endi Poco brendi ostida.

O‘QING: Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

Kompaniyaning yana bitta smartfoni Bluetooth SIG tashkilotining sertifikat ma’lumotlari bazasida uchrab qoldi. Uning nomi Poco C3 bo‘lib, M2006C3M model raqami ostida tayyorlangan:

Bu model raqami esa jahon bozoriga yaqinda taqdim etilgan boshqa bir – Redmi 9C smartfoniniki bilan deyarli bir xil. Shunga qaraganda va Poco brendining avvalgi modellari ham aslida Redmi mahsulotlarining klonlari bo‘lganini inobatga olsak, Poco C3 ham to‘liq yangi smartfon bo‘lmaydi.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi avvalroq Pocophone’ni mustaqil brend tarzida ajratgan va uning Pocophone X2 (Poco X2) nomli ikkinchi smartfonini taqdim etgan edi. Keyinroq Poco M2 Pro smartfoni chiqdi, yaqinda bo‘lsa Poco F2 Pro rusumli flagmani namoyish etildi.

Mabodo kerak bo‘lib qolsa, Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?